Lab shakliga qarab ham fe’l-atvorni bilib olish mumkin!

Lab shakliga qarab ham fe’l-atvorni bilib olish mumkin!

Lab shakli va tuzilishiga qarab inson fe’l-atvorini o‘rganuvchi fiziognomika fani mutaxassislarining fikricha, inson ko‘zlaridan ko‘ra lablar tuzilishi uning fe’li haqida to‘liqroq aytib bera olar ekan.

Qalin lab sohibalari ta’sirchan va jozibali bo‘lishadi. Ular go‘zallikning ashaddiy ishqibozidir. Nafosatni qadrlovchi va mukammallikka intilish xususiyati bilan o‘zgalardan ajralib turadi.

Ingichka lablar egasi sirli va qaysar fe’l-atvorga ega bo‘ladi.  Ularni ko‘p hollarda o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlik qiynaydi. Ular odatda, ko‘p gapirmaydi. Buning ustiga sharttakiligi sabab ko‘pchilikning qalbiga ozor berib qo‘yishi mumkin. Lekin ularga har qanday holatda ham ishonish mumkin.

Ustki labning pastki labdan qalinroq bo‘lishi o‘ziga ishongan insonlarda ko‘proq uchraydi. Bu ishonch ko‘p hollarda manmanlikka ham aylanib ketishi mumkin. Hamisha o‘z gapida turishadi, shu bois ular bilan bahslashish befoyda.

Pastki lab qalinroq bo‘lsa, bilingki, ushbu inson fe’l-atvorida murakkablik hukmron. Ular o‘zgaruvchan bo‘lishadi va shu bois ham ular bilan suhbatga kirishib ketish murakkab.  Bunday insonlar injiq, atrofdagilar va o‘ziga nisbatan o‘ta talabchanligi bilan ajralib turadi.

Yurak shaklidagi lab sohibalari yangilikka intiluvchan, serg‘ayrat, hazilkash va ta’sirchan bo‘lishadi. Bunday insonlar har qanday holatda ham muammoni osonlik bilan hal eta oladi. Sir saqlash borasida ular biroz no‘noqroq. Shu sababdan ham ular bilan sirlashishni maslahat bermasdik.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!