La Liganing aprel oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi ma’lum bo‘ldi

La Liganing aprel oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi ma’lum bo‘ldi

"Real" hujumchisi Karim Benzema Ispaniya chempionatining aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi mukofotini oldi.

Fransiyalik forvard besh o‘yinda to‘rtta gol urdi va "Real"ga muddatidan oldin Ispaniya chempioni bo‘lishiga yordam berdi.

Mukofot uchun shuningdek Pyer-Emerik Obameyang ("Barselona"), Ante Budimir ("Osasuna"), Borxa Mayoral ("Xetafe"), Xose Luis Morales ("Levante"), Xoan Moxika ("Elche") va Vedat Muriki ("Malyorka") da’vogarlik qilishgan edi.

Benzema joriy mavsum La Liga doirasidagi 30ta o‘yinda maydonga tushib, 26ta gol va 11ta assist qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!