KXDRda 350 ming kishida «noma’lum bezgak» aniqlandi

KXDRda 350 ming kishida «noma’lum bezgak» aniqlandi

Aprel oyi oxirida KXDRda qayd etilgan “noma’lum bezgak” epidemiyasi 350 ming kishida aniqlandi, 162 ming kishi allaqachon davolanib chiqdi, deb yozadi Renxap Shimoliy Koreya OAVlariga tayanib.
Avvalroq KXDRda 12 may kuni COVID-19 bilan kasallangan 18 mingdan ortiq bemor aniqlangani, ulardan olti nafari vafot etgani xabar qilingandi. Keyinroq bayonotlarda bu raqamlar isitma yoki bezgak bilan bog‘liq ekani ham aytildi.
“Faqat 12 may kuni butun mamlakat bo‘ylab 18 ming kishida isitma aniqlangan bo‘lib, shu vaqtga kelib 187 ming kishi karantinga olingan va davolanmoqda”, deyiladi Koreya markaziy axborot agentligi bayonotida.
Avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In KXDRda koronavirus tufayli favqulodda vaziyat yuzaga kelganini aytib, hukumatiga kasallik tarqalishini to‘xtatish uchun mukammal ishlashni tayinlagan, xususan, mamlakat uyezd va shaharlarini to‘sib qo‘yishni buyurgan edi.Ma’lumot uchun: 2020 yil yanvar oyidan boshlab, koronavirus sababli KXDR chegaralari xorijliklar va o‘z fuqarolari uchun butunlay yopiq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!