KXDR yadroviy sinoviga qarshi tayyorgarlik ko‘rilmoqda

KXDR yadroviy sinoviga qarshi tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yadroviy sinov o‘tkazsa, Qo‘shma Shtatlar harbiy strategiyasiga tuzatish kiritiladi. Quyidagi mazmundagi ogohlantirishni jurnalistlar bilan suhbatda Davlat departamenti rahbari birinchi o‘rinbosari Vedant Patel ma’lum qildi:

- Biz Yaponiya va Janubiy Koreyadagi ittifoqchilarimiz bilan yaqindan muvofiqlashtirilgan holda turlicha favqulodda vaziyatga hozirlik ko‘rmoqdamiz. Bundan tashqari KXDRning har qanday provokasiyasiga javoban harbiy strategiyamizga kuch yoki vosita joylashtirish bo‘yicha tegishli qisqa va uzoq muddatli tuzatish kiritishni mo‘ljallab qo‘yganmiz.

Diplomat AQShning tezkor harbiy rejasi hamda Pentagon kuch- aktivini xorijda va Amerika hududida taqsimlash borasida qanday o‘zgarish kiritilishi mumkinligiga izoh bermadi.

Vashingtonga ko‘ra, Pxenyan yadro sinovini tayyorlashda davom etmoqda. “AQSh KXDR Pxungeri poligonini yettinchi yadroviy sinov uchun tayyorlamoqda, deb hisoblaydi. Bu ma’lumot Shimoliy Koreyaning o‘zi tarqatgan ommaviy bayonotlarga to‘la mos keladi”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!