Kutilgan konsertda kutilmagan voqealar: Alisher Fayzdan yana bir original tuhfa (FOTOGALEREYa)

Kutilgan konsertda kutilmagan voqealar: Alisher Fayzdan yana bir original tuhfa (FOTOGALEREYa)

Odatda, konsertlarga tushavermayman. "Xalqlar do‘stligi" saroyida mehmon bo‘lmaganimga esa ancha bo‘lgandi. Kecha konsertga taklifnoma keldi. Qaradim. Alisher Fayzning konserti. Xonanda samimiy tabassum qilib turibdi. Konsert nomi "Yurak so‘zi". Kayfiyatim ko‘tarildi. Tushmay bo‘larkanmi? Ishdan chiqdim-u, shoshilgancha san’at saroyiga yo‘l oldim.

Samimiyat bilan boshlandi

Konsert "Ko‘ylak" qo‘shig‘i bilan boshlandi. Menga juda yoqdi shu qo‘shiq. Maromiga yetkazib kuylangan. Qo‘shiqdan keyin esa Alisher Fayz muxlislar bilan salomlashdi. Shunchaki emas, o‘zgacha salomlashdi. Sog‘inch, hurmat, mehr, fidoyilik — hammasi bor. Muxlislar ayni shu lahzadan boshlaboq konsertga bejizga kelmaganlariga amin bo‘lishdi. Men esa bir Alisher Fayzning mamnun yuziga qarayman, bir unga mehr bilan tikilib turgan muxlislarga. Baxt bo‘lsa shunchalik bo‘lar-da.

"Xizmat doirasidan tashqarida"

Bu — qo‘shiqning nomi. Alisher Fayz kuylagan qo‘shiqlar ichida menga eng yoqqanlaridan biri. To‘g‘risi, har kimning ko‘nglida qaytmas lahzalar, bolalik bilan bog‘liq armonlar bor. Uxlab yotgan armonlar bor. Xonanda kecha ana shu xotiralarni eslatib yubordi. Qo‘shiq tugagunga qadar men ham birrov bolaligimga borib keldim. Zalda qo‘shiqqa hamohang raqs tushayotgan bolajonlar esa yanada tiniqroq xotirlashga turtki bo‘ldi. Hammasi puxta o‘ylangan. Mavzu esa shunchaki "bomba".

"Mashshoqlar"

Alisher Fayzning menga eng yoqqan qo‘shig‘i. "Nay talashmang mashshoqlar, May talashmang mashshoqlar" degan satrlariyoq e’tiborimni tortdi. Oxirigacha diqqat bilan tingladim. Judayam yoqdi. Bugunning dolzarb mavzusi. Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, instagramda bir-biri bilan tortishayotgan, bahslashayotgan, o‘z obro‘sini tushirayotgan shou biznes vakillariga tutilgan ko‘zgu.

"Bir chemodan pul"

Alisher Fayz to‘xtalgan yana bir noodatiy mavzu. Pul uchun hamma narsaga tayyor, hamma narsani pul bilan o‘lchaydigan, "Pul bo‘lsa, changalda sho‘rva", jumlasini shior qilib olgan "pulsevarlar" tilidan aytildi bu qo‘shiq. Muxlislar esa bunday odam aslida qanday ko‘rinishini bilib olishdi. Konsertdan keyin "Hadeb pul deyaverish yaxshi emas ekaney, kel, pulimdan ozrog‘ini qiynalgan qo‘shnimga beray", deb xulosa chiqarganlar bo‘lsa, san’atkor niyatiga yetibdi demak. Yetsin. Men esa kamida bir yil qaysi qo‘shiqni eshitish borasidagi savolimga javob topdim — "Pul".

"Rossiyada"

Meni rostakamiga yig‘latgan qo‘shiq. Ich-ichimdan yig‘ladim. Chunki qanchadan-qancha tanishlarim, yaqinlarim Rossiyada. Farzandini boqish uchun jonini jabborga berib ishlayapti. Alisher Fayz "Rossiyadan turib duo qilayotgan ota" timsolida xorijda ter to‘kayotgan yurtdoshlarimizga atab qo‘shiq kuyladi. To‘g‘ri, migrantlarga atalgan qo‘shiqlar ko‘p, dersiz. Ammo bunisi boshqacha. Ishonmasangiz, tinglab ko‘ring.

"Telefoningni tashlab kel, bolam"

Alisher Fayz nafaqat qo‘shiq, balki, monologlari bilan ham odamlarni yig‘latdi. Onasini ko‘rgani kelgan, ammo onasining oldida telefonidan bosh ko‘tarmay turgan o‘g‘illar timsoli. Alisher Fayz ana shu o‘g‘illarga ona tilidan murojaat qildi. Haqiqatda ta’sirli monolog. Rostdan ham onasining oldida onasiga emas, telefoniga mehr berayotgan o‘g‘il va unga tikilib turgan ona. Ta’sirli, alamli, achinarli. Monolog esa quyidagi jumla bilan tugadi: "Duolarim Allohning oldida senga layk bo‘lsin, bolam". Eh, ona, ona, doim farzandingni o‘ylaysan, mehrlimi, mehrsizmi, baribir, onasan! Alloh hamma onalarni asrasin.

Alisher Fayzning har bitta qo‘shig‘i muxlislarga manzur kelgani shubhasiz. Aslida, bu san’atkor shunaqa — vaqt o‘tsa bo‘ldi, demaydi. Har bitta gapini o‘ylaydi, so‘zini o‘ylaydi. Shundanmi, chinakamiga maza qilasiz.

Kashf qilingan E’zoza

Kutilgan konsertda kutilmagan voqealar: Alisher Fayz kuylamoqda (FOTOGALEREYa)

Kutilgan konsertda kutilmagan voqealar: Alisher Fayz kuylamoqda (FOTOGALEREYa)

Kutilgan konsertda kutilmagan voqealar: Alisher Fayz kuylamoqda (FOTOGALEREYa)

Alisher Fayz konsertida yana bir yaxshi an’anani boshlab berdi. U endi muxlislar orasida raqs tushishga yoki qo‘shiq aytishga qiziqadigan, iqtidori borlarni kashf qiladi. Buning isboti o‘laroq xonandaning o‘tgan konsertlaridan birida muxlis sifatida muxlislar orasida o‘ynagan qizaloq E’zoza Saydaliyeva kecha "Xalqlar do‘stligi" saroyida raqqosa sifatida raqsga tushdi. Ajoyib raqs, haqiqiy talant. Aslida, bizda bunday iqtidorlar ko‘p, faqat ana shu iqtidorlarni ko‘ra oladigan Alisher Fayzga o‘xshagan chin insonlar kerak.

Kutilgan konsertda kutilmagan voqealar: Alisher Fayz kuylamoqda (FOTOGALEREYa)

Kutilgan konsertda kutilmagan voqealar: Alisher Fayz kuylamoqda (FOTOGALEREYa)Kutilgan konsertda kutilmagan voqealar: Alisher Fayz kuylamoqda (FOTOGALEREYa)

Konsert 19 dekabrgacha davom etarkan. Albatta, tushing! Afsuslanmaysiz. Agar Alisher Fayzning qo‘shiqlarini shu paytgacha tinglamagan, eshitmagan va hatto qiziqmagan bo‘lsangiz, konsertga tushganingizdan keyin uning muxlisiga aylanishingiz aniq. Men esa taassurotlarimni shunday tugatmoqchiman: Alloh Alisher Fayzga rostdan ham o‘zgacha FAYZ bergan. O‘zi ana shu fayzdan ayirmasin.

Nizomjon Islomov

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!