Kusherbayev so‘nggi paytlardagi "juda tushunarsiz holat" haqida fikr bildirdi

Kusherbayev so‘nggi paytlardagi "juda tushunarsiz holat" haqida fikr bildirdi

Deputat Rasul Kusherbayev telegramdagi sahifasida so‘nggi paytlarda kuzatilayotgan juda tushunarsiz holat haqida fikr bildirdi.

"Juda tushunarsiz holat: so‘nggi vaqtlarda internetda tarqalayotgan ko‘plab videolarda negadir dalada fermerni yeridagi oziq ovqat maxsulotini haydatib paxta ekishga majburlayotgan, kambag‘alni uyini sug‘oriladigan yerdagi o‘zboshimcha uy, deb buzdirishda faol yurib ko‘rinayotgan ham ichki ishlar xodimlari.

Biroq "Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi, "Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida"gi va bor ana "Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida"gi qonunlarni qayta-qayta o‘qib ham ichki ishlar xodimlarining qishloq xo‘jaligi ishlarida ishtirok etishiga doir vazifa va majburiyatlarini topolmayapman. Lekin amalda hamma ish: "ichki ishlar xodimining qonuniy talabi" ko‘rinishida ketayapti. Qonunda bo‘lmasa, qanaqa qonuniy talab? Keyin kim yomon "milisiya" yomon.

Qog‘oz boshqa, amal boshqa telba-teskarilik", —

deb yozadi Kusherbayev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!