Kusherbayev: “Jarimalar miqdori hozirgi sharoitda aholi real daromadlariga qanchalik mos keladi?” (VIDEO)

Kusherbayev: “Jarimalar miqdori hozirgi sharoitda aholi real daromadlariga qanchalik mos keladi?” (VIDEO)

Xabar qilinganidek “O‘zbekiston24” telekanalida partiya vakillari hamda nomzodlarining saylovoldi chiqishlariga bag‘ishlangan ko‘rsatuv efirga uzatildi. Unda deputatlikka nomzodlar hamda partiya faollari aholining savol va murojaatlariga javob berdi.

Uchrashuvda deputat Rasul Kusherbayev yo‘llarning sifatsizligi, haydovchilarga qoidani buzganlik uchun jarimalar miqdori yuqoriligini aytib o‘tdi. Shuningdek, deputat bu yo‘nalishda partiya kelgusida qanday ishlar amalga oshirishi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

 “Partiyamiz buni chuqur tahlil qilib chiqdi va avvalo mana shunaqa qoidabuzarliklarga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf qilish kerak deb hisoblaydi. Avvalo yo‘llarda yo‘l belgilarining o‘z vaqtida sifat darajasida chizilishi, jihozlanishi, yo‘llarning yoritilishi, sifati ham talabga javob berishi kerak. Sifatsiz yo‘l bo‘lsa va yo‘l belgilari ko‘rinmay tursa va shu turishda unga qoida buzding deb turilsa, adolatsizlik bo‘ladi. Shuning uchun biz buni qayta ko‘rib chiqish kerak deb hisoblaymiz. Avvalo sifatli yo‘lni taqdim qilib qo‘yaylik keyin nimanidir talab qilaylik” – dedi Kusherbayev.

Shuningdek, deputat Toshkent shahri va hududlarda kerak hamda keraksiz yo‘l belgilarining qo‘yib tashlanganligi, ayrimlariga hatto hokimning tegishli qarori ham chiqmaganligini aytib o‘tdi. Shu bilan birga ayrimlar hatto uyining yo‘liga ham o‘zboshimchalik bilan yo‘l belgilari qo‘yib olinganiga to‘xtalib o‘tildi.

“Bu sohani qat’iy tartibga solish kerak deb hisoblaymiz. Odamlarni qiynayotgan hamma masalani olib tashlashimiz kerak. Undan tashqari jarimalarni qayta ko‘rib chiqish kerak deb hisoblaymiz. Hozirgi sharoitda aholi real daromadlariga qanchalik mos keladi bu? Partiyamiz agar ko‘pchilik ovozni oladigan bo‘lsa bu masalani qayta kun tartibiga qo‘yadi”, – deya qo‘shimcha qildi O’zLiDeP fraksiya a’zosi Rasul Kusherbayev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!