Kurash Dominakanda Universitet o‘yinlari dasturiga kiritildi

Kurash Dominakanda Universitet o‘yinlari dasturiga kiritildi

Dominikan Respublikasi Kurash bo‘yicha Panamerika qit’asining markaziga aylanib ulgurgan.

Dominikan hukumati va Dominikan Kurash federasiyasi mamlakatda Kurashni ommalashtirish maqsadida muntazzam ish olib bormoqda.
Joriy yildan boshlab Kurash sporti rasman mamlakat Universitet o‘yinlari Dasturiga kiritildi. Bu haqida xalqaro Kurash assosiasiyasi matbuot kotibi Jamshid Namozov ma’lum qildi.

Dominikan Respublikasi Sport va dam olish vazirligi, mamlakat ta’lim vazirligi, milliy olimpiya harakati tomonidan tashkil etilib kelinadigan mazkur o‘yinlarda 20 ga yaqin sport turidan mamlakatning barcha oliy o‘quv yurtlaridan talabalari ishtirok etishadi.
Kecha Santo Domingo shahrining Xuan Pablo Duarte nomidagi Olimpiya markazida Universitet o‘yinlarining Kurash musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida o‘yinlar tashkily qo‘mitasi, Sport va dam olish vazirligi raxbariyati va Panamerika Kurash ittifoqi rasmiylari ishtirok etib, sportchilarga omad tiladi.

Dominikan Universitet o‘yinlari Kurash bahmlarida Santo-Domingo avtonom universiteti (UASD), Santyago texnologik Universiteti (Utesa), Janubiy texnologiya Universiteti (Utesur), Milliy EvangeliyaUniversiteti (UNEV), Shimoliy katolik Universiteti (UCNE), Amerika texnologik Universiteti (ITLA), Senorita Salome Ureña oliy o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti (Isfodosu), Santo Domingo katolik universiteti (UCSD) va Loyola ixtisoslashtirilgan tadqiqotlar universitetlaridan 100 ga yaqin Kurashchilar g‘oliblik uchun gilamga chiqdi.

Musobaqalar yakunida g‘oliblar nomi aniqlanib tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun Dominikan Respublikasi hukumati tomonidan 2018 yildan 23-fevral Kurash sporti kuni sifatida ham belgilangan. Bu kunda mamlakatning barcha shtatlarida Kurash tadbirlari, seminarlar va musobaqalar o‘tkazib kelinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!