Ko‘p qavatli uylar holati maxsus tizim yordamida o‘rganiladi

Ko‘p qavatli uylar holati maxsus tizim yordamida o‘rganiladi

Ko‘p qavatli turar joylarning holatini o‘rganish va ma’lumotlarni to‘plash maqsadida yangi tizim ishlab chiqildi.
Toshkentda ko‘p qavatli turar joylarning holatini inventarizasiya qilish va baholash uchun axborot tizimi yaratildi. Endilikda kommunal inspektorlar ko‘p qavatli uylarni aylanib, tomlar, yerto‘lalar va fasadlarni suratga oladi. Uylarning holati bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar maxsus axborot tizimiga joylashtiriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uylarni ko‘zdan kechirish davomida uyning fasadi, yo‘laklari, raqami, yoritish tizimi, noqonuniy qurilmalar va binoning boshqa parametrlari ham hisobga olinadi.
Inspektor “Garmoniya” manzillar reestrida binoni tanlaydi. GPS tizimi inspektorning koordinatalarini aniqlaydi va ularni tekshirilayotgan uyning koordinatalari bilan taqqoslaydi.
Mezonlar bo‘yicha maxsus tuzilgan savolnomani to‘ldirgan inspektor har bir holatni besh balli tizimda baholaydi.
Agar koordinatalar va fotosuratlar mos kelsa inspektor kiritgan ma’lumotlar tasdiqlanadi. Administrator inspektorning barcha ma’lumotlarini tekshiradi va ularni tasdiqlaydi yoki ba’zi ma’lumotlarga aniqlik kiritishni so‘raydi. Tizimga binoni ko‘zdan kechirmasdan, ofisda o‘tirgan holda ma’lumot kiritib bo‘lmaydi.
Ko‘p qavatli uylarni o‘rganish ishlarini taxminan uch oy ichida yakunlash rejalashtirilgan. To‘plangan ma’lumotlar umumlashtiriladi va Toshkent xaritasiga kiritiladi. Aniqlangan kamchiliklar dolzarbligiga ko‘ra bartaraf etish bo‘yicha optimal reja ishlab chiqiladi.
Tizim Toshkent hokimligi va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi hamkorligida ishlab chiqilgan.
Aytilishicha, poytaxtda turli yillarida qurilgan qariyb 12 000 ta ko‘p xonadonli uy bor. Ulardan har biri eskirganlik darajasiga ega. Ko‘p qavatli uylarning holati to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni umumlashtirishda yangi ishlab chiqilgan tizim qo‘l keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!