Ko‘p kvartirali uy-joylarda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga subsidiya ajratiladi

Ko‘p kvartirali uy-joylarda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga subsidiya ajratiladi

“Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5152-son, 19.06.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 oktyabrdan qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan ko‘p kvartirali uy-joyni boshqarish birinchi ikki yilda quruvchi tomonidan amalga oshiriladi hamda mazkur muddatga ko‘p kvartirali uy-joy ekspluatasiyasining kafolat muddati joriy qilinadi.

❕Har bir ko‘p kvartirali uy-joyning kadastr pasportida ko‘p kvartirali uy-joyga tutash yer uchastkasi to‘g‘risida ma’lumotlar majburiy tartibda bo‘lishi shart.

🗓 2022 yil 1 yanvardan mulkdorlarning boshqaruvchi oldida qarzdorligi mavjud bo‘lgan taqdirda, uning miqdori uy-joylarga bo‘lgan mulk huquqini rasmiylashtirishda notarial idoralar tomonidan tegishli shartnomada aks ettiriladi va yangi mulkdor ushbu qarzdorlik haqida ogohlantiriladi.

💰 Ko‘p kvartirali uy-joylarda yashovchi, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga majburiy badalni to‘lab berish uchun subsidiya ajratiladi.

🔰 Qarorga ko‘ra, quyidagi masalalar bo‘yicha umumiy yig‘ilishning qarori, agar uni yoqlab uy-joy mulkdorlari yoki ular vakillarining 80 foizidan ko‘prog‘i ovoz bersa, qabul qilingan deb hisoblanadi:

➖ ko‘p kvartirali uy-joyga tutash hududlarda yangi ob’ektlarni qurish;
➖ mulkdorlar amal qilishi majburiy bo‘lgan ko‘p kvartirali uy-joylarda umumiy mol-mulkni boshqarishning talab va qoidalarini tasdiqlash;
➖ ko‘p kvartirali uy-joy uchun qarz va kreditlarni jalb qilish.

🗓 2021 yil 1 avgustgacha loyiha doirasida biriktirilgan hududlar, 2022 yil 1 yanvarga qadar esa butun respublika hududlarida ko‘p kvartirali uy-joyga xizmat ko‘rsatish jarayoniga uy-joy mulkdorlarining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami va ularning tegishli mol-mulki kadastr raqamidan foydalangan holda billing tizimi joriy qilinadi.

🖥 2021 yil 1 oktyabrgacha ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqaruvchilarning elektron reestri ishga tushiriladi.

➡️ 2021 yil 1 iyuldan ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish usuli shirkatlardan boshqaruvchi tashkilotlarga o‘tgan uy-joylar uchun jalb qilingan kreditlarning muddatini, mahalliy hokimliklar kafilligi asosida, uch yilgacha uzaytirish choralari ko‘riladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!