Kuniga – 37 million maosh, har goli – 1,5 milliard so‘m. O‘zbekistonda eng ko‘p haq olayotgan futbolchi kim?

Kuniga – 37 million maosh, har goli – 1,5 milliard so‘m. O‘zbekistonda eng ko‘p haq olayotgan futbolchi kim?

O‘zbek futboli tarixida ilk marta «Paxtakor» futbol klubi rasmiy sayti jamoa futbolchilari va murabbiylarining yillik maoshlari va mukofot pullari miqdorini rasman e’lon qildi. Unga ko‘ra, toshkentliklar safidagi shveysariyalik hujumchi Eren Derdiyo‘q hozirgi kunda O‘zbekistondagi eng ko‘p maoshli futbolchiga aylangan.

Eren Derdiyo‘q 2019/20 yilgi mavsumda Turkiyaning «Go‘ztepe» klubida bor yo‘g‘i 5 o‘yinda maydonga tushib, umuman gol ura olmagach, uning Turkiyadagi 5 yillik faoliyati yakuniga yetdi. Ko‘p o‘tmay, «Paxtakor» bosh murabbiyi Shota Arveladze taklifi bilan 33 yoshli forvard 2020 yildan O‘zbekistonda faoliyat boshladi.

«Paxtakor» bilan ikki yillik shartnoma imzolagan Derdiyo‘q o‘tgan mavsum Superligada 22 o‘yinda 9ta golga mualliflik qilgan bo‘lsa, joriy mavsum 3ta gol kiritgan. Aslida ichki turnirlardagi g‘oliblik emas, Osiyo Chempionlar ligasidagi maqsadlar uchun taklif etilgan qimmatbaho legioner ikki mavsum davomida OCHL bahslarida bor yo‘g‘i 3ta golga mualliflik qildi. «Paxtakor» ichki turnirlarda tengsiz jamoaga aylangan bo‘lsa-da, xalqaro maydonda karomat ko‘rsata olgani yo‘q. Ya’ni, hujumchi O‘zbekistonda olayotgan maoshini oqlaganicha yo‘q.

Taqqoslash uchun, Derdiyo‘q 2020 yildan buyon yillik 1,3 million yevro – ayni kurs bilan 13 milliard 741 million so‘m maosh olmoqda. Bu oyiga – 1 145 083 333 so‘m degani, kuniga – 37 646 575 so‘m, soatiga – 1 568 607 so‘m, daqiqasiga – 26 143 so‘m demakdir.

Kuniga – 37 million maosh, har goli – 1,5 milliard so‘m. O‘zbekistonda eng ko‘p haq olayotgan futbolchi kim?

Eng ko‘p maoshga ega futbolchining Superliga o‘tgan mavsumida kiritgan 9ta golining har biri o‘rtacha – 1 milliard 526 million so‘mdan tushgan bo‘lsa, joriy yilning yarmigacha Superligada 3ta gol urgan nomdor forvardning har bir goli o‘rtacha – 4,5 milliard so‘mdan to‘g‘ri kelmoqda.

Ma’lumot uchun, «Paxtakor» tarkibida yetakchi ham hisoblanmaydigan Derdiyo‘qning yillik maoshi aksariyat Superliga klublarining bir yillik, Pro liga ayrim klublarining esa 2 yillik byudjetiga teng mablag‘dir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!