Kun kulgisi!.. (20-qism)

Kun kulgisi!.. (20-qism)

Kasalxonaning «Tez yordam» bo‘limi. Vrach bir guruh bemorlarni ko‘zdan kechiryapti. Barchalarining boshi jarohatlangan. Birinchisidan so‘radi:
— Nima bo‘ldi?
— O‘qlog‘ bilan urishdi.
— Sizga nima bo‘ldi?
— Meniyam o‘qlog‘ bilan urishdi.
— Sizni-chi?
— Meni ham.
— Qiziq, epiidemiya tarqalganmi nima balo? Nega hammalaring bir xil jarohat oldingiz?
Bemorlardan biri dedi:
— Jonlantirish xonasiga olib ketilgan bemor yodingizdami? O‘shani xotini o‘qlog‘ ko‘tarib quvayotgan ekan. Yaramas, olomon ichiga o‘zini urdi.
* * *
Bobo nevarasidan so‘radi:
— Xo‘sh, bugun maktabda necha baho olding?
— O‘n ikki.
— IYE, qanday qilib?
— Matematikadan uch, ona tilidan bir, musiqadan besh va ingliz tilidan uch baho oldim. Shularni qo‘shsa o‘n ikki bo‘ladi, bobo.
* * *
Bolakay baliq ovlardi. Maktabdosh do‘sti kelib so‘radi:
— Qanaqa baliq ovlayapsan?
— Baqlajon.
— IYE, unaqa baliq yo‘q-ku!
— Nega yo‘q bo‘larkan? Baqlajon ikrasi bormi, bor. Demak, baqlajon degan baliq ham bo‘ladi-da!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!