Kun kulgisi!.. (17-qism)

Kun kulgisi!.. (17-qism)

Angliya. Xizmatkor lordga hisob beryapti:

— Xo‘jayin, siz yo‘g‘ingizda xotiningiz yaqinda ishga olingan haydovchi bilan qochib ketdi!

— Ko‘rdingmi, Jonn, men aytgandim-a bu haydovchining ko‘zlari yaxshi ko‘rmaydi deb! Shubhalarim to‘g‘ri chiqdi-ku!

 

* * *

 

Qiz uyi yoniga daraxt ko‘chati o‘tqazishni niyat qilgandi. Shu masalada bog‘bondan maslahat so‘radi.

— Men o‘tqazadigan daraxt ko‘chati ulg‘aygach, shoxlari tarvaqaylab ketmaydigan, ammo ko‘proq soya beradigan, kuzda barglari to‘kilmaydigan, qishda quyosh nuri novdalari orasidan mo‘ralab menga iliqlik bag‘ishlaydigan bo‘lishi kerak. Qanday daraxt ko‘chati o‘tqazishni maslahat berasiz?

Bog‘bon o‘ylanib turib javob qildi:

— Singlim… Siz yaxshisi, zontik sotvola qoling!

 

* * *

 

Ikki jentlmen boylar taklifiga ko‘ra quyuq ziyofatda bo‘lib uyga qaytishardi. Biri ikkinchisidan so‘radi:

— Janob, nega bugun ziyofat paytida nuqul chap biqiningizdagi ayolning qo‘lini o‘paverdingiz?

Bilasizmi, janob, ziyofat egalari mening oldimga salfetka qo‘yishni unutishgan ekan.

 

* * *

 

Bastakor o‘zining yangi kuyini tomoshabinlar uchun ijro etishdan avval dedi:

— Aziz tomoshabinlar, men hozir sizlarga o‘zimning yangi kuyimni ijro etib bermoqchiman. Lekin anchadan beri o‘ylab, bu kuyga qanday nom berishni bilmay yuribman. Iltimos, kimda yangi nom masalasida fikr tug‘ilsa, menga aytinglar!

Bastakor kuy ijrosini boshladi. Oradan ma’lum vaqt o‘tib yana tomoshabinlarga dedi:

— Xo‘sh, kimdir yangi nom o‘ylab topdimi kuyimga? Alyo-yo!.. IYE, hammalari uxlab qolishibdi-ku! Afsus! Ha, mayli, tushundim! Demak, yangi kuyimga «Alla» deb nom beraman!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!