Kumushxon Fayzullayeva “Tokio–2020” Olimpiadasini oltinchi o‘rinda yakunladi

Kumushxon Fayzullayeva “Tokio–2020” Olimpiadasini oltinchi o‘rinda yakunladi

Og‘ir atletika bo‘yicha “Tokio–2020” Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan vakilamiz Kumushxon Fayzullayevaning yakuniy natijasi ma’lum.
-76 kg vazn toifasida ishtirok etgan Fayzullayeva dast ko‘tarishda 101 kg, siltab ko‘tarishda 126 kg, umumiy hisobda esa 227 kg natija qayd etdi. Hamyurtimiz bu bilan Olimpiadani oltinchi pog‘onada yakunladi.

Bu vazn toifasida ekvadorlik Neysi Daxomes umumiy hisobda 263 kg ko‘rsatkich bilan g‘alaba qozondi. Kumush medal AQSH, bronza medali esa Meksika vakilalariga nasib etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!