Kuleba: Ukrainaga zudlik bilan Patriot tizimlari kerak

Kuleba: Ukrainaga zudlik bilan Patriot tizimlari kerak

Ukrainaga fuqarolik infratuzilmasini himoya qilish uchun zudlik bilan Patriot raketaga qarshi tizimlari kerak, dedi tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba.

Reuters agentligining xabar berishicha, NATOning Buxarestdagi ikki kunlik sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida vazir Kiyev bu masalani hal qilishda Germaniya bilan hamkorlik qilishini ham aytgan.

Polsha sharqida raketa halokatga uchragach, Germaniya hukumati havo hududini himoya qilish uchun unga zamonaviy Amerika Patriot tizimlarini topshirishni taklif qildi. Bunga javoban Polsha hukumati ushbu majmualarni Ukraina g‘arbida, ular ko‘proq zarur bo‘lgan joyda joylashtirishni taklif qildi. Biroq, Germaniya buni AQSh bilan kelishuvsiz mumkin emasligini tushuntirib, rad etdi.

AQSh mudofaa vazirligi vakili bir kun avval Vashington Ukrainaga Patriotlarni yetkazib berishni rejalashtirmayotganini, ammo bu boradagi munozaralar davom etayotganini aytdi.

U, shuningdek, ushbu komplekslarni Ukrainaga boshqa davlatlar tomonidan berish masalasi ularning suveren huquqi ekanligini, ammo AQSh bu qaror NATO bo‘yicha barcha ittifoqchilar bilan muhokama qilingandan so‘ng qabul qilinishini kutayotganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!