Kuleba: "Tezroq, tezroq va tezroq"

Kuleba: "Tezroq, tezroq va tezroq"

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba NATO davlatlarini Ukrainaga imkon qadar tezroq qurol jo‘natishga va G‘arbda yangi qurol ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga chaqirdi. Bu haqda u NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan Buxarestda NATOga a’zo davlatlar vazirlari yig‘ilishi doirasidagi qo‘shma brifingda ma’lum qildi.

Dmitriy Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, avvalgi bunday uchrashuvda uning uchta asosiy so‘zi "qurol, qurol, qurol" edi. O‘shandan beri, uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga katta yordam ko‘rsatildi, bu esa Ukraina Qurolli kuchlariga hududning salmoqli qismini ozod qilishga yordam berdi.

"Bugun men yana uchta so‘z aytmoqchiman — "tezroq, tezroq va tezroq". Biz shu paytgacha qilingan ishlar uchun minnatdormiz. Ammo urush hali ham davom etmoqda. Biz Rossiyani mag‘lub etishimiz mumkinligini isbotladik, biz g‘alaba qozonishimiz mumkinligini isbotladik, birgalikda, butun Yevro-Atlantika hududi va butun dunyo manfaatlari yo‘lida. Ammo qurol bilan ta’minlash, G‘arbda mudofaa sanoatining yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish to‘g‘risida qaror tezroq qabul qilinishi kerak, qurol-yarog‘ ta’minoti ham tezroq bo‘lishi kerak", — deya ta’kidladi Ukraina Tashqi ishlar vaziri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!