Ko‘krak nishoni berishdagi firibgarlik fosh bo‘ldi

Ko‘krak nishoni berishdagi firibgarlik fosh bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 9-moddasida nazarda tutilgan ayb uchun javobgarlik prinsipiga asosan, shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchun javobgar bo‘lishi lozim.

Nazira Shokirova (ism shariflar shartli) Uchqo‘rg‘on tumani xalq ta’lim bo‘limiga qarashli umumta’lim maktabi direktori lavozimida ishlab kelib, o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan O. Norova Uchqo‘rg‘on tumanidagi umumta’lim maktablarining birida direktori lavozimida ishlashga qiziqishi borligini bilib, ushbu lavozimga tayinlanishidan avval “Xalq ta’limi a’lochisi” yoki “Amir Temur” ko‘krak nishonini olishi lozimligi haqida O.Norovani qiziqtirib, uni qonun va qonun osti hujjatlari talablarini yaxshi tushunmasligini bilgani holda, bundan g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydalanib, unga “Amir Temur” ko‘krak nishonini olib berishini aytib, 2022 yil 5 mart kuni Uchqo‘rg‘on shahridagi kafelardan birida O.Norovadan 1.650.000 so‘m pullarini olayotganida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan ushlanib, jinoiy qilmishini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkaza olmay, o‘zganing pul mablag‘larini talon-taroj qilishga suiqasd qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 28, 211-moddasining
1-qismida pora berish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etishga dalolat qilganlik uchun javobgarlik belgilangan.

Sud, sudlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatuvlarini tinglab, jinoyat ishi hujjatlarini o‘rganib chiqib, ishda mavjud bo‘lgan dalillarga baho berib, jinoyat ishida to‘plangan dalillarni sud majlisida sinchkovlik bilan, to‘la, har tomonlama va xolisona tekshirib, sudlanuvchining muzokara va oxirgi so‘zlarini eshitib, u ayblangan modda sanksiyasi doirasida jarima jazosini tayinladi.

Bumayram Babamirzayeva, Namangan viloyat sudi sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!