Ko‘knori boshog‘ini olib kirishga bo‘lgan urinish fosh etildi

Ko‘knori boshog‘ini olib kirishga bo‘lgan urinish fosh etildi

Yurtimizga giyohvandlik vositalarini turli qing‘ir usullar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” chegara bojxona postiga kirib kelgan xorijiy davlat fuqarosi P.F.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida, uning yuklari orasida 4 dona quritilgan ko‘knori boshog‘i borligi aniqlandi. Giyohvandlik vositasi maxsus tarozida o‘lchanganda, vazni 22,64 grammni tashkil qildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!