Kuchli shamol Xorazm va Navoiyda uylarning tomini uchirdi - FVV

Kuchli shamol Xorazm va Navoiyda uylarning tomini uchirdi - FVV

21 may kuni soat 10:45da Urganch shahar Abulg‘ozi-Baxodirxon ko‘chasidagi uyning tahminan 70 m2 maydonda tom yopma qoplamasini shamol uchirib, uyning orqa tomonidagi avtoturargoxgatushirgan. Hodisa oqibatida "Gentra" avtomobili qisman zararlangan.

Urganch tumani "G‘alaba" MFYdagi xususiy uyning tahminan 80 m2 maydonda uyini shifer qoplamasi shamol oqibatida uchib yerga kulab tushgan. Voqea joyida tan jaroxati olganlar yo‘q.

Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida "Do‘stlik" MFYda joylashgan uyning taxminan 5 m.kv, "Yo‘lchilar" MFYda 2 ta xonadonlarning taxminan 4 kv.m dan tom qismi shifer va tunikalarini uchirgan.

FVV 21 - 23 may kunlari O‘zbekiston hududida kuchli shamol va yomg‘ir yog‘ishi mumkinligi va ushbu tabiiy hodisalarning ehtimoliy oqibatlari haqida aholini ogohlantirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!