"Ko‘chada gulxan yoqib, jon saqlayotgan" chilonzorliklarning ahvoli nima bo‘ldi?

A A A
"Ko‘chada gulxan yoqib, jon saqlayotgan" chilonzorliklarning ahvoli nima bo‘ldi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Chilonzor tumani 20 kvartali 4 uyda yashovchi aholi uyida svet va gaz bo‘lmaganligi sababli ko‘chada olov yoqib isinayotganligi haqidagi murojaat e’lon qilindi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mutasaddilari tomonidan ushbu muammolar yuzasidan o‘rganish o‘tkazilib, mazkur holat bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilindi.

Ma’lumki, Respublikamiz bo‘ylab kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti, havo haroratining keskin sovib ketishi, gaz bosimining pasayishi tufayli asosiy yuklama elektr energiyasiga tushganligi sababli joylardagi mavjud elektr qurilmalarida hamda havo tarmoqlarining shikastlanishi natijasida hududlarda elektr ta’minotida uzilishlarga sabab boldi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tararrufidagi Chilonzor tuman elektr ta’minoti korxonasining tezkor guruh ishchi-xodimlari tomonidan avariyani tezkorlik bilan bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko‘rilib, hududlarda tezkor chiqish brigadalari tomonidan ta’mirlash ishlari olib borildi. Shu kunning o‘zidayoq avariya holati bartaraf etilgan.

Ayni vaqtda, Chilonzor tumani 20-mavze 4-uyda yashovchi aholi xonadonlari elektr taminoti bilan taminlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!