Kubadagi portlash oqibatida halok bo‘lgan soni 30 nafardan oshdi

Kubadagi portlash oqibatida halok bo‘lgan soni 30 nafardan oshdi

Kuba poytaxtidagi Saratoga mehmonxonasida yuz bergan portlash qurbonlari soni 32 kishiga yetdi, 80 kishi jarohat oldi, ulardan 15 nafari bolalar.

Kuba Sog‘liqni saqlash vazirligi 10 nafar yaradorning ahvoli og‘ir deb baholanganini ma’lum qildi. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Mahalliy matbuotning yozishicha, halok bo‘lganlar orasida homilador ayol va to‘rt nafar bola bor. 19 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanadi.

Yaradorlarni kasalxonaga borgan prezident Migel Dias-Kanel voqeani baxtsiz hodisa deb atadi va fuqarolarni qon topshirishga chaqirdi. Portlashga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!