Kroos «Real» bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi

Kroos «Real» bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi

«Real» yarimhimoyachisi Toni Kroos ushbu mavsumdan keyin faoliyatini yakunlashi mumkin.

AS'ning xabariga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi madridliklar bilan yozda tugaydigan shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qilishdan bosh tortmoqda.

Kroos imkon qadar ko‘p o‘ynashni emas, eng yuqori cho‘qqisida ketishni istaydi. U 34 yoshdan keyin o‘ynashni xohlamaydi. Qolaversa, Toni yosh futbolchilarning rivojlanishiga xalaqit bermoqchi emas.

Shu munosabat bilan «Real» allaqachon yarimhimoyachiga o‘rinbosar qidirishni boshlagan. Nomzodlardan biri «Flamengo»dan — 21 yoshli braziliyalik Gomes da Silva.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!