Kristen Eriksonning hech kimga o‘xshamaydigan rafiqasi (+foto)

Kristen Eriksonning hech kimga o‘xshamaydigan rafiqasi (+foto)

“EVRO-2020” o‘yinlarida kutilmagan holat ro‘y berdi.

Daniya – Finlandiya uchrashuvida futbolchi Kristen Erikson maydonda hushini yo‘qotib, yiqildi. O‘yin to‘xtatildi.

Bu paytda Eriksenning rafiqasi juda og‘ir lahzalarni boshidan o‘tkazdi. Bu lahzalar Yevro- 2020 ning dastlabki kunlaridagi eng ta’sirchan onlar edi. Kristenning hayoti saqlab qolingani Yevro-2020ning eng muhim hodisalaridan biri bo‘ldi. Daniyalik futbolchi muxlislar ko‘z o‘ngida o‘lim va hayot oralig‘ida bo‘ldi. Bu manzarani ko‘rish juda og‘ir edi, futbolchining yig‘layotgan ayoliga qarab ko‘pchilikning yuragi uvishdi.

Kristenning rafiqasi Sabrina Kvist Yensen turmush o‘rtog‘ini stadionda qo‘llashga kelgan edi. Kristen hushini yo‘qotib, yiqilishi bilan ayol maydonga otilib chiqdi. Daniya komandasi o‘yinchilari uni reanimasiya jarayoniga kirishiga yo‘l qo‘yishmadi. Tibbiyot brigadasi Eriksenni hayotga qaytarayotgan paytda Sabrina o‘n metrcha nariroqda yig‘lab turardi. Hujumchi Kamper Shmeyxel va terma jamoa kapitani Simon Kyer unga tasalli berib turishdi.

Sabrina hech kimga o‘xshamaydi, uning hatto ijtimoiy tarmoqlarda sahifasi yo‘q. U faol dam olishni xush ko‘radi. Hodisa ro‘y berishi bilan izlash xizmatlarida “Eriksenning rafiqasi kim, qayerdan kabi savollar bilan murojaat qilganlar ko‘p bo‘ldi.

Kristen Eriksonning hech kimga o‘xshamaydigan rafiqasi (+foto)Kristen Eriksonning hech kimga o‘xshamaydigan rafiqasi (+foto)

Sabrina Tommerup shahrida tug‘ilgan. Kristen va Sabrina tengdosh, ular o‘smirlik paytida tanishgan. Yillar o‘tib o‘zaro munosabatlar haqiqiy muhabbatga aylandi. Ular 20121 yildan boshlab uchrasha boshladilar, ammo bir yildan so‘ng Eriksen Londonning “Tottenxem” klubi bilan shartnoma imzoladi va Angliyaga ko‘chib o‘tdi. Qiz Daniyada qolib, sartaroshlik bo‘yicha o‘qidi. Sabrina ona yurtida o‘zini modellikda sinab ko‘rmoqchi edi, ammo na modellik, na sartaroshlik qismati unga nasib etmadi – o‘qishni tugatgach Eriksenning yoniga bordi va libos ishlab chiqaradigan kompaniyada ish boshladi.

Sabrina boshqalar kabi Feysbuk, Tvitter tarmoqlarila sahifa ochmagan, Instagramdagi sahifasi esa yopiq, bor-yo‘g‘i 293 obunachisi bor. U shaxsiy hayoti tafsilotlarini birovlarga oshkor qilishni istamaydi. Ularning oilaviy hayoti haqida bilish uchun Eriksenning Instagram sahifasiga ko‘z tashlash mumkin.

Kristian va Sabrina faol hordiqni xush ko‘rishadi: tuyada sayr qilishadi, toqqa chiqishadi, Afrikaga sayohat qilishadi.

Kristen Eriksonning hech kimga o‘xshamaydigan rafiqasi (+foto)

Kristen Eriksonning hech kimga o‘xshamaydigan rafiqasi (+foto)

Juftlik turli tadbirlarni chetlab, do‘stlari bilan sokin sayrga borishadi, Garri Kayn oilasi bilan do‘stlashadi. Ular jonli musiqani yoqtirishadi- er-xotinni bir yencha bor Bruno mars va Major Lazorning konsertida ko‘rishgan.

“Sevgan ayolim va do‘stlarim bilan shaharda bo‘lishni istayman, ammo bu hayot tarzi APL o‘yinchisi hayot traziga to‘g‘ri kelmaydi”- degan edi Eriksen Daily Mail nashriga bergan intevyusida. – Albatta, ayolimga ham oson emas. Yaxshi o‘yin ko‘rsatish uchun ham ma’nan, ham jismonan tayyorlanish kerak”.

Er-xotin Daniya qirolichasi Margrete II bilan kechki ovqatga hamisha vaqt topa olishadi.

FARZANDLAR

2017 yilda juftlik UTT apparati natijasini ko‘rsatishdi – unda homila aks etgan edi. 2018 yilda Alfred ismli o‘g‘il tug‘ildi, bir yildan so‘ng esa qizaloq dunyoga keldi.

Hozirda Eriksenning ahvoli qoniqarli ekani aytilmoqda. Shifokorlar uning salomatligini nazorat qilib turishibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!