Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yig‘imlar miqdori belgilandi

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yig‘imlar miqdori belgilandi

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar miqdorini belgilash, ularni to‘lash va taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3388, 28.09.2022 y.).

Nizomga ko‘ra, O‘zbekistonda mayning va kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (maynerlar va xizmatlar provayderlari) tomonidan ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar to‘lanadi.

Shunga ko‘ra, yig‘imlar BHMga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

mayning faoliyati uchun – BHMning 10 baravari (3 mln so‘m);

xizmatlar provayderlari bo‘yicha:

kripto-birja faoliyati uchun – BHMning 400 baravari (120 mln so‘m);
mayning-pul faoliyati uchun – BHMning 100 baravari (30 mln so‘m);
kripto-depozitariy faoliyati uchun – BHMning 5 baravari (1,5 mln so‘m);
kripto-do‘kon faoliyati uchun – BHMning 20 baravari (6 mln so‘m).

Yig‘imlar maynerlar va xizmatlar provayderlari tomonidan lisenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan paytdan e’tiboran har oyda to‘lanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!