Kreml Qoraqalpog‘istondagi norozilik namoyishiga munosabat bildirdi

Kreml Qoraqalpog‘istondagi norozilik namoyishiga munosabat bildirdi

Qoraqalpog‘istondagi voqealar O‘zbekistonning ichki ishi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Shu tariqa Kreml Qoraqalpog‘istondagi norozilik namoyishlariga munosabat bildirdi.

“O‘zbekiston bizning ittifoqdoshimiz, do‘stimiz, juda muhim hamkorimizdir. O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan hamma narsa bu davlatning ichki ishi”, — dedi Peskov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!