Kreml Putin va Bayden o‘rtasidagi suhbat hali rejalashtirilmaganini aytdi

Kreml Putin va Bayden o‘rtasidagi suhbat hali rejalashtirilmaganini aytdi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya va AQSh yetakchilari Vladimir Putin hamda Jo Bayden o‘rtasidagi suhbat hozircha rejalashtirilmaganini aytdi.

“Hozircha Putin va Bayden uchun hech qanday reja yo‘q. Lavrov va Blinken o‘rtasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan suhbatga kelsak, sizdan hamkasbim Masha Zaxarova bilan bog‘lanishingizni so‘rayman”, - dedi Peskov.

Avvalroq, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya tomoni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan aloqa vaqtini muvofiqlashtirayotgani va tez orada qulay sana taklif qilishini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!