“Kreditni men to‘lasam-u, "dom" erimga qoladimi?”

“Kreditni men to‘lasam-u, "dom" erimga qoladimi?”

— Bundan bir yil oldin ipotekaga uy olganmiz. Kredit mening nomimga, kvartira esa erimning nomiga rasmiylashtirilgan. Erim bilan o‘rtada kelishmovchiliklar chiqib, hozirda ota-onamning uyidaman. U ajrashmoqchi. “Uy meni nomimda, hech qanaqasiga da’vo qilolmaysan”, dedi. Kredit qarzini men to‘lasam-u, uy unga qoladimi? Bu vaziyatda qanday haq-huquqim bor?

D., Toshkent shahri

Murojaatga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi raisi G‘ayrat ERGASHEV javob berdi:
— Uy-joy kodeksining 14-moddasiga ko‘ra, uy-joy obligasiyalarini olish va ularning qolgan qiymatini bank kreditlari hisobiga to‘lash yo‘li bilan qurilgan va olingan uyga, kvartiraga bo‘lgan mulk huquqi kredit to‘liq qaytarilgandan keyin vujudga keladi.
Agar turmush o‘rtog‘ingiz bilan qonuniy nikohda bo‘lib, birga yashagan davringizda kredit hisobiga uy-joy sotib olgan bo‘lsangiz, ushbu uy-joy cizning yoki turmush o‘rtog‘ingizning nomida bo‘lishidan qati nazar ushbu uy-joyga bo‘lgan mulk huquqi kredit to‘liq qaytarilganidan keyingina vujudga keladi. Kredit to‘liq qaytarilganidan keyin uy-joy cizning yoki turmush o‘rtog‘ingizning nomida ekanligidan qat’i nazar cizlarning umumiy mulkingiz hisoblanadi. Bugungi kunda cizning ushbu uy-joydan foydalanish huquqingiz mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!