Korxonada shtatlar qisqarganda kimlar ishda qolish imtiyoziga ega bo‘ladi?

Korxonada shtatlar qisqarganda kimlar ishda qolish imtiyoziga ega bo‘ladi?

Mehnat qonunchiligida, texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishda qoldirish uchun imtiyozli huquq malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq bo‘lgan xodimlarga beriladi.

Malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo‘lgan taqdirda quyidagilarga afzallik beriladi:

1) qaramog‘ida ikki yoki undan ortiq kishi bo‘lgan xodimlarga;

2) oilasida undan bo‘lak mustaqil ish haqi oluvchi bo‘lmagan shaxslarga;

3) mazkur korxonada ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga;

4) ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarida tegishli mutaxassislik bo‘yicha malakasini oshirayotgan xodimlarga va ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarini tamomlagan shaxslarga o‘qishni tugatgandan so‘ng mutaxassisligi bo‘yicha ishlayotgan taqdirda ikki yil mobaynida;

5) mazkur korxonada mehnatda mayib bo‘lib qolgan yoki kasb kasalligini orttirgan shaxslarga;

6) urush nogironlari, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

7) nurlanish kasalligi va boshqa kasalliklarga yo‘liqqan yoki shunday kasalliklarni boshidan kechirgan hamda ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga (qisqartma) (Mehnat kodeksining 103-moddasi).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!