Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlarga hokimlar rais bo‘ldi

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlarga hokimlar rais bo‘ldi

Bu O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi 21 avgustda qabul qilgan Nizomda aks etgan.

Mazkur kengashlarga esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari raislari (hokimlar) rais sifatida tasdiqlangan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov ushbu holatga izoh berdi, deya xabar qildi «Gazeta.uz» muxbiri.

«Bu kengashlar korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organ emas... Bu idora kollegial idora hisoblanadi», — dedi u.

Ta’kidlanishicha, a’zolar orasida 44 % NNT va OAV vakillari, 17 % ijro hokimiyati va qolganlari huquqni muhofaza qilish idoralar xodimlaridan iborat. «Bu yerda bir-birini tiyib turish prinsipi bor», — dedi Burxonov.

Antikorrupsiya agentligi rahbarining qo‘shimcha qilishicha, agar hokimlar mahalliy kengash raisligidan ozod qilinsa, unda Hududiy kengash raislari ham o‘zgaradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!