Korrupsiya haqida xabar berganlarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun (O‘RQ–729-son, 18.11.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
📌 Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishini o‘rganish va tahlil qilish uchun jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga, hujjatlar bilan tanishishga haqli ekanligi belgilandi.
➡️ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har yili korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruzani Oliy Majlisga taqdim etadi.
❕Endilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi (ilgari faqat xabar bergan shaxslar nazarda tutilgan.)
▫️ Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.