Koronavirusning yangi to‘lqiniga izoh berildi

Koronavirusning yangi to‘lqiniga izoh berildi

Omikron-shtammining navbatdagi mutasiyasi Yevropa va Amerikada bemorlar sonining oshib ketishiga sabab bo‘ldi, deydi virusolog, N.F.Gamalei nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy tadqiqot markazi bosh ilmiy xodimi Anatoliy Altshteyn «Izvestiya»da e’lon qilgan materialida.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, koronavirusning yangi to‘lqini boshlangan. «Bu jarayonga omikronning yangi varianti paydo bo‘lgani sabab bo‘lmoqda. Ushbu variant avvalgilaridan ham tez tarqalmoqda. Dunyoda har kuni 700-800 ming kishi xastalanmoqda», – deydi olim.

Altshteynning ta’kidlashicha, yanvarning so‘nggi kunlari va fevral oyi boshlarida ko‘plab mamlakatlarda kasallanish bilan bog‘liq vaziyat yomonlashdi. So‘ngra infeksiya tarqalishi sekinlashdi, keyin esa shtammning yangi VA.2 varianti paydo bo‘ldi va kasallanish holatlari yana ko‘paydi.

«O‘ylashimcha, virus tarqalishi umuman olganda, sekinlashmoqda. Menimcha, yil oxirigacha koronavirus bilan kasallanish soni keskin pasayadi», – deydi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!