Koronavirusning xavf guruhiga kimlar kiradi?

Koronavirusning xavf guruhiga kimlar kiradi?

— Men ushbu kasallikdan juda qo‘rqyapman. COVID-19  kasalligi xavf guruhiga kimlar ko‘proq kiradi? 

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova:

— Eng avvalo, o‘zingiz uchun bilib oling: qo‘rquv — immun tizimimizni susaytiruvchi eng asosiy omil.

Qanchalik ko‘p qo‘rqsangiz, stress holatida qanchalik uzoq qolsangiz, kasallikka yo‘liqishingiz xavfi shunchalik ortadi.

COVID-19  kasalligi xavf guruhiga esa bemorlarga qarovchi insonlar, oila a’zolari, aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonida ishtirok etuvchi tibbiyot xodimlari,  qariyalar, surunkali kasalligi bor bemorlar kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!