Koronavirusning hind shtammi "Uxan virusi"dan xavfliroq

Koronavirusning hind shtammi "Uxan virusi"dan xavfliroq

Koronavirusning Hindistonda tarqalgan varianti "Uxan varianti"ga qaraganda xavfli. Bu haqda Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va Mikrobiologiya tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg "Rossiya 1" kanalidagi "Vesti Nedeli" dasturi efirida aytib o‘tdi.

“Bu hind shtammini ko‘rsatadigan rasm, u yanada tajovuzkor. Uxan shtati bilan taqqoslaganda u ko‘proq xavfli va yuqumli», - dedi Ginsburg. Uning so‘zlariga ko‘ra, hindcha shtammlari kasallikning yengil shaklidan og‘iriga o‘tish vaqtini qisqartiradi, shu bilan birga koronavirusga qarshi antitanachalar paydo bo‘lish vaqti ham kamayadi.

Ginsburg Rossiyaning Sputnik V vaksinasi koronavirusning barcha turlaridan himoya qiladi, deb qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!