Koronavirusning "Buyuk Britaniya" turi Argentinaga yetib bordi

Koronavirusning "Buyuk Britaniya" turi Argentinaga yetib bordi

Argentinada birinchi marta koronavirusning yangi turi aniqlandi.

Bu haqda fan, texnologiyalar va innovasiyalar vaziri Roberto Salvaressa o‘zining tvitterida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi shtamm mamlakat hukumati tomonidan virus tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilganiga qaramay aniqlangan.

Yangi shtammni yuqtirib olgan bemor sayohatchi Buyuk Britaniya fuqarosida tasdiqlangan. Ta’kidlanishicha, bemor avvalroq ish yuzasidan Avstriya va Germaniyada ham bo‘lgan. Ayni paytda erkak uyda karantinga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!