Koronavirusni rasman yenggan Yevropaning dastlabki davlatlaridan biri ma’lum bo‘ldi

Koronavirusni rasman yenggan Yevropaning dastlabki davlatlaridan biri ma’lum bo‘ldi

Sloveniya Yevropada birinchi bo‘lib "sinov" haftasidan so‘ng koronavirusni rasmiy ravishda yenggan birinchi davlatlardan biri bo‘ldi.

15 may kuni mamlakat rasmiylari COVID-19 holatlari qayd etilmaganligini va karantin choralari bekor qilinishi mumkinligini e’lon qilishdi.

Sloveniya hukumati Shengen zonasiga kirmaydigan va mamlakatda ro‘yxatdan o‘tmagan davlatlar fuqarolari uchun karantin joriy etdi.

Shu bilan birga, chegarani kesib o‘tishda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari fuqarolari karantinga qo‘yilishi shart emas. Imtiyoz Xorvatiya yoki Italiyada ro‘yxatdan o‘tganlarga ham qo‘llaniladi.

Vazirlar Mahkamasining tvitterdagi xabariga ko‘ra, fuqarolarga odamlar orasidagi masofa 1,5 metrdan kam bo‘lgan xonalarda, shuningdek, transport va tibbiyot muassasalarida niqob kiyish tavsiya etiladi.

Savdo markazlari, kafe, restoran va xizmat ko‘rsatish korxonalari mamlakatda allaqachon o‘z faoliyatini qayta boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, 15 may kuni Bosh vazir Janez Yansha Sloveniyada koronavirus epidemiyasi tugaganligini e’lon qildi va unga ko‘ra, pandemiyaning oldingi markazlaridan biri bo‘lgan Italiyaga yaqinligiga qaramay, Yevropada eng yaxshi klinik holat mavjud. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 1473 kishi virus yuqtirgan, 108 bemor vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!