Koronavirusga qarshi vaksinani odamlarda sinovdan o‘tkazish muddati ma’lum qilindi

Koronavirusga qarshi vaksinani odamlarda sinovdan o‘tkazish muddati ma’lum qilindi

Avvalroq amerikalik tibbiyot xodimlari yangi turdagi koronavirusga qarshi vaksinaning dastlabki sinovlari natijalarini e’lon qilishgandi. Bu haqda "Kun" nashri yozmoqda.

Koronavirusga qarshi vaksina prototiplari kemiruvchilar va primatlarda sinovdan o‘tkazilmoqda, odamlarda sinash iyundan boshlanadi. Bu haqda «Vektor» ilmiy markazi direktori Rinat Maksyutov ma’lum qildi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, vaksinani maymunlarda sinash aprel oxirigacha o‘tkaziladi, shundan so‘ng klinik oldi tadqiqotlari bosqichiga o‘tiladi. 

«Keyingi bosqich esa odamlarda o‘tkaziladi», — dedi u.

Maksyutov avvalroq COVID-19 yo‘qolib ketmasligini, mavsumiy kasallikka aylanishi mumkinligini aytgandi.

Kuni kecha amerikalik tibbiyot xodimlari yangi turdagi koronavirusga qarshi vaksinaning dastlabki sinovlari natijalarini e’lon qilishdi. Ko‘rsatkichlar umidli deb aytilmoqda, ammo olimlarning oldinda qiladigan ishlari hali ko‘p.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!