Koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga 20 avgustdan 20 sentyabrgacha bo‘lgan muddat bo‘yicha ish haqi to‘lanadi

Koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga 20 avgustdan 20 sentyabrgacha bo‘lgan muddat bo‘yicha ish haqi to‘lanadi

2020 yil 24 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish tadbirlariga ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori e’lon qilindi. 

💰Mazkur qarorga ko‘ra, hodimlarga ish hajmidan kelib chiqib, kunbay ishlash sharoitida har 30 kunlik davr uchun ish yuklamasini inobatga olgan holda har oylik ish faoliyati yakuni bo‘yicha quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus to‘lov belgilandi:

🔹vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga – 25 million so‘m;

🔹boshqaruv va o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga – 15 million so‘m;

🔹provizor-farmasevt xodimlarga – 10 million so‘m;

🔹dizenfektor va kichik tibbiyot xodimlariga – 8 million so‘m;

🔹boshqa xodimlarga – 5 million so‘m.

Shuningdek, anesteziolog-reanimatolog vrachlarga ham maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari  hisob-kitob qilinadi va to‘lab beriladi.

Stasionar tibbiyot muassasalari hamda laboratoriyalarga jalb kilingan xodimlarga maxsus to‘lovlar: 

📌xodim joriy yilning 20 avgust kunigacha faoliyat yuritgan bo‘lsa, uning 14 kunlik faoliyati yakuni bo‘yicha hisob-kitob kilingan bo‘lishi kerak. Bunda, 14 kunlik faoliyati yakuniga kadar amalda bo‘lgan shartlar saqlab kolinadi.

📌xodim joriy yilning 20 avgust kunidan keyin jalb qilingan bo‘lsa, 30 kunlik davr uchun har oy yakuni bo‘yicha hisob-kitob kilinadi.

Bundan tashqari, mazkur qaror qabul qilingan sana, ya’ni 2020 yilning 24 sentyabriga qadar maxsus to‘lovlar amalga oshirilishida vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga - 25 million so‘m, o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga 15 million so‘m, kichik tibbiyot xodimlariga 10 million so‘m va boshqa hodimlarga 5 million so‘m amalda bo‘lgan miqdorlari saqlab qolinadi.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar joylashtirilgan stasionar davolash muassasalari raxbarlari va bevosita davolash ishlari bilan shug‘ullanuvchi uning o‘rinbosarlariga vrachlar uchun belgilangan maxsus to‘lov, ya’ni 25 million so‘m miqdoridagi to‘lov tatbiq etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!