Koronavirusga chalingan va karantindagi shaxslar saylovda qanday ovoz beradi?

Koronavirusga chalingan va karantindagi shaxslar saylovda qanday ovoz beradi?

MSK raisi Zayniddin Nizamxodjayev pandemiya sharoitida ovoz berishni tashkillashtirish bo‘yicha maxsus yo‘riqnoma ishlab chiqilganini ma’lum qildi, deb xabar berdi «Gazeta.uz».

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chma qutilar bilan bemorlar va karantindagi shaxslarning ovozi to‘planadi.

«Saylov uchastkasi komissiyasining 2 nafar a’zosi tibbiyot xodimlari ishtirokida maxsus himoya kiyimlari bilan koronavirus yoki boshqa kasallanish tufayli kasalxonalarda yotgan bemorlarning yoniga borib, karantin qoidalari, yo‘riqnomada belgilangan qadam-baqadam amalga oshiriladigan ishlar asosida ularning saylov huquqlari ta’minlanadi. Og‘ir ahvolda bo‘lmagan, ammo koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan fuqarolarning ham uylariga ko‘chma qutilar bilan tashrif buyuriladi», — dedi Nizamxodjayev.

MSK raisining qayd etishicha, barchasi muddatidan avval ovoz berish vaqtidagi epidemiologik vaziyatga bog‘liq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!