Koronavirusga chalingan ayrim bemorlarda hid bilish qobiliyati nega yo‘qolmoqda? 

Koronavirusga chalingan ayrim bemorlarda hid bilish qobiliyati nega yo‘qolmoqda? 

Monell Chemical Senses Center – AQShning Pensilvaniya shtatidagi tadqiqot markazida koronavirus bilan kasallangan bemorlarda hid bilish qobiliyatining yo‘qolishi sabablari o‘rganildi. Aniqlanishicha, inson organizmi virusdan himoyalanish uchun ushbu sezgining ishlashini bloklaydi. Tadqiqotchilarning taxminiga ko‘ra, hid bilish haqida miyaga axborot uzatuvchi reseptorlar o‘zini o‘zi yo‘q qiladi va ushbu yo‘l bilan infeksiya tarqalishiga qarshi kurashadi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar qilgan.

Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlarning aksariyati kasallikning ikki haftalik davrida COVID-19 belgilari yo‘qolgani, biroq hid bilmayotganidan shikoyat qilmoqda. Ko‘pincha hid sezish bir necha oydan keyin qayta tiklanadi, lekin bu jarayon hammada ham ro‘y beravermaydi. Mutaxassislar ayrim bemorlar ushbu qobiliyatni butun umrga yo‘qotishi mumkinligi haqida xavotir mavjudligini bildirgan.

Koronavirusdan tuzalgan bemorlar hid bilmay qanday yashash mumkinligi haqida o‘z fikrlarini bayon etgan. Ulardan biri ovqat hidini his etmayotgani uchun vazn yo‘qotganini aytgan bo‘lsa, yana boshqasi uyda yolg‘iz qolishdan qo‘rqishi, sababi gaz hidi yoki tutun isini anglay olmasligidan xavotirlanayotganini aytib o‘tgan.

Olimlar koronavirusning yangidan yangi belgilarini topmoqda, ayrimlari xavfsiz, boshqalari esa yetarli darajada xavfli. Avval olimlar COVID-19’ning asosiy belgisi pnevmoniya, ya’ni o‘pka yallig‘lanishi emas, balki giperkoagulyasiya – organizmdagi barcha tomirlarda qonning quyulib ketishi, jumladan, buning o‘pka faoliyatiga salbiy ta’sirini aniqlagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!