Koronavirusga chalingan bemorlar uy sharoitida qanday davolanadi?

Koronavirusga chalingan bemorlar uy sharoitida qanday davolanadi?

Mutaxassislarimizning ta’kidlashicha, hozirgi kunda koronavirus tashxisi bilan ro‘yxatga olinayotgan bemorlarda kasallik avvalgi shtamlarga nisbatan birmuncha yengil o‘tmoqda.

— Bunday yurtdoshlarimizdan bir qismi uy sharoitida davo muolajalarini olishlari mumkin, — deydi Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanov. — Faqat ambulator tarzda davolanuvchi aholi qatlami hududiy oilaviy poliklinikalarda oilaviy shifokor hamda LOR mutaxassis nazoratida bo‘lishlari shart.

Odatda bunday bemorlarga quyidagilar tavsiya etiladi:

ko‘proq suyuqlik ichish (sutkasiga 4-5 litr hajmda),

tomoqni tez-tez maxsus antiseptik vositalar bilan chayish,

virusga qarshi va antioksidant dorilar hamda D va S vitaminlari, Sink preparatlarini qabul qilish,

uy sharoitida izolyasiya va cheklovchi tartibga rioya etish,

tibbiy niqobdan foydalanish,

antibiotik, gormon preparatlari hamda tomchi dori vositalaridan maqsadsiz foydalanmaslik talab etiladi.

Kasallikdan qanday himolanish lozim? Bu borada mutaxassislarning tavsiyasi quyidagicha:

avvalo, barcha aholi qatlami koronavirusga qarshi buster doza bilan emlanishi lozim;

shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish, xususan, qo‘llarni yaxshilab yuvish, maxsus antiseptik vositalardan foydalanish, tomoq va burunni tez-tez chayish talab etiladi;

yopiq binolar va jamoat joylarida tibbiy niqobdan foydalanish zarur;

kasallikning ilk alomatlari yoki O‘RVI belgilari namoyon bo‘lishi bilan atrofdagilar bilan muloqotni cheklash hamda hududiy oilaviy poliklinikalarga murojaat qilish kerak;

‼️ koronavirus aniqlangan holatda uy sharoitida turli dori preparatlari (antibiotik, gormon va tomir ichiga yuboriladigan tomchi dorilar)ni maqsadsiz qabul qilmaslik shart.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!