Koronavirusdan yoki uning oqibatida dunyo bo‘yicha 15 million kishi vafot etgan

Koronavirusdan yoki uning oqibatida dunyo bo‘yicha 15 million kishi vafot etgan

Taxminan 15 million kishi COVID-19 boshlangan 2020 yil yanvardan to 2021 yil 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda vafot etgan, deyiladi payshanba kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tarqatgan bayonotda.

Tashkilotning hisob-kitobicha, COVID-19 tufayli yoki u bilan bog‘liq xastaliklar oqibatida 2020 yil yanvardan to 2021 yilning oxirigacha jami 14,9 million kishi vafot etgan.

84 foiz o‘lim Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa va Amerika mintaqasiga to‘g‘ri keladi. Vafot etganlarning 68 foizi 10 ta mamlakat fuqarolari bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!