Koronavirusdan vafot etgan 13 yoshli bolaning dafn marosimida oila a’zolari ishtirok etolmadi

Koronavirusdan vafot etgan 13 yoshli bolaning dafn marosimida oila a’zolari ishtirok etolmadi

Buyuk Britaniyada koronavirusdan ilk bor yosh bola vafot etdi. 13 yoshli Ismoil Muhammad Abdulvahhobning dafn marosimida uning oilasi ishtirok etmadi.

Ismoil Muhammad Abdulvahhob dushanba kuni vafot etdi va juma kuni Chislehurstdagi Musulmonlar qabristoniga dafn qilindi. Buyuk Britaniya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, uning olti nafar aka-ukalaridan ikkitasida kasallik alomatlari paydo bo‘lganidan so‘ng, Abdulvahhobning oilasi Londondagi dafn marosimida qatnasha olmagan.

Marosimdan olingan rasmlarda bolaning tobutini himoya kiyimini kiygan to‘rt kishi qabrga tushirayotganligi ko‘rsatilgan. Janoza namozi o‘qilayotganda odamlar bir-birlaridan ikki metr masofani narida turishdi.

Ushbu oilaning qadrdoni bo‘lgan Mark Stivensonning so‘zlariga ko‘ra, Ismoilning oila a’zolari uni so‘nggi yo‘lga kuzatish marosimida qatnasha olmaganlari sababli juda qattiq afsus chekishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!