Koronavirusdan tuzalgan bemor qancha vaqt tibbiy nazoratda bo‘lishi kerak?

Koronavirusdan tuzalgan bemor qancha vaqt tibbiy nazoratda bo‘lishi kerak?

Sevara Ubaydullayeva, Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi:

- Bemorlar koronavirusdan davolangach, kasallik organizmda qanchalik asorat qoldirganidan kelib chiqqan holda umumiy amaliyot shifokori nazoratida bo‘lishi kerak. Shifokor o‘pkaning zararlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda nafas gimnastikalarini tavsiya qiladi.

Bemorda surunkali kasalliklar mavjud bo‘lsa, koronavirus bu kasalliklarning kechishiga qanday ta’sir ko‘rsatganini o‘rganish, doimiy ravishda dispanser nazoratida bo‘lish, yilda 2 marta davolash choralarini olib borish, sanatoriya-kurort davolanishlarini olishi tavsiya etiladi.

Kasallikning og‘ir va o‘ta og‘ir darajasini kechirgan, pnevmoniya kuzatilgan bemorlar 1 oydan 3 oygacha, zarurat bo‘lganda 6 oygacha tiklanishlari, doimiy ravishda shifokor bilan bog‘lanib, kerakli choralarni ko‘rib borishi kerak.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!