Koronavirusdan keyingi turizm: taxminlar va qarashlar

Koronavirusdan keyingi turizm: taxminlar va qarashlar

Mutaxassislar COVID-19 pandemiyasidan keyin dunyo turizmining kelajagini taxmin qilishdi. Bu haqda “Forbes” Amerika sayyohlik uyushmasi prezidenti Rojer Dovning so‘zlariga asoslanib yozmoqda.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, butun dunyo bo‘ylab onlayn bron qilish sohasida inqiroz yuzaga keladi. Masalan, “Expedia” past talab tufayli allaqachon jiddiy yo‘qotishlarni boshdan kechirmoqda.

Kompaniyalar xodimlarni qisqartirishga majbur bo‘lishadi, qachon ish joylari qayta tiklanishi esa noma’lum.

Ammo “Airbnb” kabi xususiy ijara tashkilotlari yaxshiroq holatda bo‘lishi mumkin. Vaholanki, koronavirus pandemiyasidan keyin odamlar bir necha hafta davomida xususiy uylar va mehmonxonalarni tanlashadi.

Bundan tashqari, koronavirus kruiz kompaniyalariga ham juda salbiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda. Buning sababi ham infeksiya xavfi bo‘ladi.

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!