Koronavirusdan kasallanishni sekinlashtiruvchi dori yaratildi

Koronavirusdan kasallanishni sekinlashtiruvchi dori yaratildi

Polsha olimlari koronavirus infeksiyasini sekinlashtiradigan dori ishlab chiqilganini e’lon qildi. Yagelloniya  universiteti olimlarining ta’kidlashicha, bu vaksina tayyorlash yo‘lidagi ilk qadam hisoblanadi.

"Preparat hayvonlarda sinovdan o‘tkazildi. Dori qo‘llangan jonivorlarning o‘pkasida hech qanday toksik jarayonlar va salbiy holatlar kuzatilmadi", deydi ushbu dori ustida ishlagan olimlardan biri Kshishtof Pirch.

Preparat HTCC deb ataldi. Hali ushbu dorini odamlarda sinab ko‘rishga ruxsat berilmagan.

Ma’lumot uchun, HTCC – qisqichbaqalar yoki qo‘ziqorinlardan olingan aralashma asosida yaratilgan. Tadqiqotchilar ushbu dori virusning "tojini" tashkil etuvchi boshoqsimon oqsilga bog‘lanib, uning odam hujayrasi reseptorlari bilan o‘zaro ta’sirini blokirovka qiladi. Natijada, virus hujayraga kirib borishi qiyinlashadi.

Nurulloh Sharipov


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!