Koronavirus: Xitoy xavf ostida qolishi mumkin

Koronavirus: Xitoy xavf ostida qolishi mumkin

Xitoylik olimlar mushuklar koronavirusni boshqalarga yuqtirishi mumkinligini aniqladilar.

Uxan virusologiya instituti va Xuachjun qishloq xo‘jaligi universiteti olimlari, ular tekshirgan mushuklarning 15 foizi virus tashuvchisi ekanligini aniqladilar.

Taxminlarga ko‘ra, Uxan kasallangan paytda uy hayvonlari ham virus yuqtirgan.

Kasallik paydo bo‘lishidan oldin mushuklarning qonida virusga qarshi antitelolar aniqlanmagan, ammo 102 mushukning 15 tasida epidemiyadan so‘ng u allaqachon paydo bo‘lgan.

Olimlar shunga o‘xshash narsa boshqa mamlakatlarda ham sodir bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Ammo, virus mushukdan odamga yuqadimi, yo‘qmi, hozircha yakuniy xulosaga kelinmadi. Agar bu tasdiqlansa, Xitoyda yana koronavirus avj olishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!