Koronavirus! O‘zbekistonda vaziyat MDH va butun dunyoga nisbatan yaxshiroq

Koronavirus! O‘zbekistonda vaziyat MDH va butun dunyoga nisbatan yaxshiroq

O‘zbekistonda o‘z vaqtida qabul qilingan karantin choralari tufayli COVID-19 atrofidagi vaziyat qo‘shni davlatlar, MDH va umuman butun dunyoga nisbatan ancha yaxshi. Bu inkor etib bo‘lmas haqiqatdir. Keling, ayrim faktlarga e’tibor qaratamiz.

– Ba’zi bir mamlakatlarda ro‘y bergan kunlik yuzlab va minglab yo‘qotishlar kabi ayanchli statistika O‘zbekistonga ta’sir qilmadi;

– kasallanish darajasining aholi soniga proporsional nisbati boshqa davlatlar bilan solishtirilganda minimal hisoblanadi. 100 ming aholi orasida kasallanish darajasi bo‘yicha O‘zbekiston MDH davlatlari orasida so‘nggi o‘rinni egallaydi.

– 34 million aholiga ega O‘zbekistonda kasallanganlar soni 18,5 million aholiga ega qo‘shni Qozog‘istonga qaraganda deyarli 5 marotaba kamdir;

– o‘lim darajasi ham dunyo bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib turibdi – 0,4 foiz. Bu qo‘shni Qirg‘iziston va Qozog‘iston mamlakatlari bilan solishtirganda mos ravishda deyarli uch va ikki barobarga kam. Rossiyada bu ko‘rsatkich – 1,5 foiz, AQShda – 4 foiz, Braziliyada – 3 foiz, Hindistonda 3 foizni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!