Koronavirus tufayli saratonga chalingan ayolning operasiyasi qoldirildi

Koronavirus tufayli saratonga chalingan ayolning operasiyasi qoldirildi

Ichak saratoniga chalingan britaniyalik ayolning operasiyasi koronavirus tufayli rad etildi. Bu haqda "Metro" xabar bermoqda.

40 yoshli Bet Pervis 2016 yilda ichaklarida o‘sma topilganligini aytdi. O‘shandan beri saraton o‘pkaga tarqaldi. 2020 yilda u jarrohlik amaliyotiga o‘tishi kerak edi, ammo koronavirus tufayli davolanish keyinga qoldirildi. “Men tushkunlikka tushdim. Bu operasiyadan umidlarim ko‘p edi, – deya tan oldi u. – Davolanish mening hayotimni uzaytirishi mumkin".

Buyuk Britaniyada koronavirus infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarga shifoxonalarda joylarni bo‘shatish uchun barcha shoshilinch operasiyalar kamida uch oyga qoldirildi. Pervis hukumat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning muhimligini tushunganligini, ammo yuz bergan voqeani hazm qilish oson emasligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!