Koronavirus: Tojikiston hukumati aholiga pul tarqatishga qaror qildi

Koronavirus: Tojikiston hukumati aholiga pul tarqatishga qaror qildi

Tojikistonda aholining kam ta’minlangan qismiga eng kam ish haqining bir barobari miqdorida (400 somoni – 40 AQSh dollari) bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi.

Bu pul Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, pensionerlar, nogironlar, yetimlar, kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalar, shuningdek mehnat migrantlarining oilalariga beriladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Imomali Rahmonning koronavirus tarqalishining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’sirini kamaytirish haqidagi farmonida qayd etilgan. 

Bundan tashqari, prezident vaziyat barqarorlashgunga qadar bevosita koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lash haqida ko‘rsatma berdi. Shuningdek, narxlarning o‘sishi va inflyasiyani tizginlash maqsadida yil oxirigacha elektr energiyasi, suv, aloqa va kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni oshirish masalasi kechiktiriladi.

Iste’mol tovarlari, xususan, dori-darmon, anitseptiklar, himoya niqoblari, sovun, oziq-ovqat mahsulotlari va yoqilg‘i narxi tartibga solinadi. 

So‘nggi ma’lumotga qaraganda, Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 4289 nafarga yetdi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!