Koronavirus: Saudiya qiyin vaziyatga tushib qoldi

Koronavirus: Saudiya qiyin vaziyatga tushib qoldi

AQSh va Yevropadagi neftni qayta ishlash zavodlari, narxlar pasayganiga qaramay, Saudiya Arabistonidan qo‘shimcha hajmdagi neft sotib olishni rad etishmoqda, deb xabar beradi RIA Novosti The Wall Street Journal nashriga tayanib.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni shu sababdan yangi xaridorlarni topishda qiynalmoqda. Buning sababi, mijozlar omborxonalarning yetishmasligi muammosiga duch kelmoqdalar, bu esa ularning yoqilg‘ining yangi hajmlarini sotib olishini qiyinlashtirmoqda.

Birja sotuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, Hindistonda ham neftga talab pasaygan, bu ham koronavirus atrofidagi vaziyat bilan bog‘liq. Takidlanganidek, shu paytning o‘zida, Rossiya o‘z mahsulotini neftga bo‘lgan talab ortib borayotgan Xitoyga yo‘naltirishga muvaffaq bo‘ldi.

Neft bozoridagi inqiroz OPEK+ bitimining buzilishi va Saudiya Arabistonining qazib olishni kuniga 13 million barrelgacha oshirish haqidagi va’dasidan keyin yuz berdi. Yil boshidan beri neft narxi ikki baravar arzonladi.

The Wall Street Journal ta’kidlashicha, narxlarni pasaytirish bilan, Ar-Riyod bozorning Rossiya ulushini, ayniqsa Yevropaning ba’zi qismlaridagi ulushini tortib olishga umid qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!